Abdulhaq Abdullaev

Abdullaev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918 – 2001 yy.) O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faxriy a’zosi.

Abdulhaq Abdullaevning hayoti va ijodiy faoliyati bitmas-tuganmas izlanishlardan, hayotning murakkab qirralarini anglab yetishdan, ayni paytda insonning ziddiyatlarga boy dunyosini o‘rganishdan ham iborat bo‘lgan. Tasviriy san’atning qator janrlari ichidan Abdulhaq Abdullaev xususan portret janrini tanlagan.

1926 yilda Abdulhaq Abdullaev Toshkentdagi maktab internatiga o‘qishga kiradi. Ushbu maktabda bolalarning badiiy ta’limi yaxshi asosga qo‘yilgan edi.

Uning iste’dodini ko‘rgan ustozi Abdulhaqqa badiiy texnikumga kirishni maslahat beradi. 1931 yilda maktabni birinchi bosqichini tugatib Samarqandga keladi. O‘sha vaqtlarda Samarqandda rassomlik texnikumi bor edi. Yosh rassomning ustozlari L.Bure, Z.Kovalevskaya va P.Benkovlar bo‘lgan.

1937 yilda Moskvada tashkil etilgan navbatdagi ko‘rgazmada Abdullaev o‘zining bir yo‘la ikkita: “Do‘stimning portreti” va “Ukam” nomli asarlarini nomish etadi.

Moskva badiiy institutida (1938 – 1941) V.Yefenova va A.Osmyorkinalarda ta’lim olgan.

“Men Abrar Hidoyatov portretidan o‘zimga kelolmayapman. Men bu aktyorni sahnada ko‘rmaganman, ammo zaxarlangan gumonli qarashi, ulug‘vor, hali o‘zini boshqara oladigan Otello – ajoyib va qo‘rqinchilikdir.” – deb yozadi tomoshabin Novikov sharhlar kitobida 1973 yil Abdulhaq Abdullaevning Moskva shahridagi shaxsiy ko‘rgazmasida.

Abdulhaq Abdullaev rassomlik bilim yurtida (1950-1957) va Nizomiy nomidagi Pedagogika institutida dars bergan (1955-1957) Toshkentda. Rassomning asarlari O'zbekiston, Rossiya, Italiya, Hindiston va dunyoning boshqa mamlakatlaridagi muzeylarida saqlanadi.

Manba: Абдулхак Абдуллаев: (Альбом): –Т.: Изд. Лит. Искусства, 1982.–104 с., ил.– (Наш современник)

Expand
Collapse

Galereya