Ibtidoiy jamoa davri san’ati

Abdullayev, Ne’mat. O‘zbekiston san’ati tarixi: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘l./ N. AbduIIayev. — Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. - 236 b.

BIRINCHI BO‘LIM. QADIMGI DUNYO SAN’ATI

1-bob. Ibtidoiy jamoa davri san’ati 

1. Qadimgi tosh asri (Paleolit).

Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy sharoitning qulayligi, ekologik muhit bu yerlarda insoniyatning ilk manzillarining paydo bo'lishi va ibtidoiy jamoa tuzumining shakllanishiga imkon berdi. Shu zaminning ajralmas qismi bo'lgan O'zbekiston hududida juda qadim zamonlardanoq odamzod istiqomat qilib kelgan. Qadimshunoslar fikriga ko'ra, bu zaminda million yildan beri odam yashab kelmoqda. Turon zaminining Jayhun va Sayhun daryolari (Amu va Sirdaryo avval shunday nom langan) oralig'idagi havzada kishilik jamiyatining ilk shakllanishi, lining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivoji o'ziga xos evolyutsion taraqqiyotda bo'lib, shu yerda ibtidoiy to'da, qadimiy tosh asrining ibtidoiy jamoa xo'jaligi va nihoyat ibtidoiy san’at rivoji mavjud bo'ldi. 

O'zbekiston hududida qadimiy ibtidoiy madaniyat tosh asrining ilk bosqichi mil. avval 700—600 ming yillikdan 100 minginchi yillargacha bo'lgan davrga borib taqaladi va bu madaniyat oddiy mehnat qurollari — toshdan ishlangan chopqichlar sifatida paydo bo'lgan. Shunday qurollar So'x vohasining Selung'ur g'oridan, Ohangaron daryosi yaqinida Ko'lbuloq manzili, Boysun tog'Iari va Zarafshon etaklaridan topilgan, Bu topilgan mehnat qurollarining ilk namunalari asosan ikki tomoniga ishlov berilgan chopqichlar bo'lib, uning bir tomoni uchli va o'tkir bo'lishiga e’tibor berilgan. Tosh asrining so'nggi bosqichiga kelib hozirgi zamon odam qiyofasi shakllandi, odamlar tabiiy g'orlarni o'zlashtira boshladilar. Ular endilikda toshdan tashqari suyak, yog'ochdan o'zlari uchun kerakli buyumlami yarata boshladilar, bigizlar paydo bo'ldi. Bu davrga kelib olovni ixtiro etilishi odamlar jamoasini yaxlitlashishiga olib keldi. Odamlar yashaydigan joylarda esa mehnat qurollari yasaydigan ustaxonalar paydo bo'la boshladi, rassomlik, haykaltaroshlik , me’morlikning dastlabki ko'rinishlari shakllandi. Ibtidoiy odamlar o'z mehnat va ov qurollariga, kundalik turmushda ishlatadigan buyumlariga turli belgi va chiziqlar chizib ularning go'zalligini orttira boshladilar, o'zlari uchun bezak-taqinchoqlar yaratishga harakat qildilar.

Ibtidoiy jamoa davrida О ‘zbekiston hududida mavjud bo ‘Igan odamlar yashaydigan manzillar xaritasi
Ibtidoiy jamoa davrida О‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan odamlar yashaydigan manzillar xaritasi

Ibtidoiy jamoa davrining dastlabki rasmlari qoya tosh yuzalari, g'or devor va shiplariga, suyak yuzalariga ishlangan. Ularda turli hayvonlar tasviri ishlangan. O'zbekiston hududida shunday tasvirlar Toshkent, Surxondaryo, Farg'ona, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida saqlanib qolgan. Tasvirlar chaqa qilish (ya’ni qattiq tosh bilan urib yuzada chuqurchalar hosil qilish), o‘yish, qattiq qurol bilan yuzani tirnash yoki chizish, tabiiy bo‘yoqlar (rangli tuproqlar)ni mol yog‘i bilan aralashtirish asosida yuzalarga ishlangan. Obirahmat, Xo'jakent (Toshkent), Suratsoy, Soymolitosh (Farg'ona), Zarautsoy (Surxondaryo), Taqatosh (Jizzax) rasmlari mashhur. Bu tasvirlarning ko'pchiligida hayvonlaming alohida turgan, yotgan holati, hayvonlar to'dasi, asta ov manzaralarini aks ettiruvchi rasmlar uchraydi. Shunday dastlabki rasmlardan qoyaga o‘yib ishlangan yotgan holdagi katta kiyik rasmi, oyog'iga yog'och sanchilgan buqa hamda chaqalash uslubida ishlangan buqa tasvirlari e’tiborli. Ularda ibtidoiy rassom hayvonga xos xususiyatlami ko'rsatishga harakat qilgan. 

2. O‘rta tosh asri (Mezolit, miloddan avvalgi 12-7 minginchi yillar).

O‘rta tosh asriga kelib odamlar katta bo'lmagan jamoalarga birlashib katta m aydonlami egallay boshladilar. Suv havzalari yaqinlarida, tog‘yonbag‘irlaridagi yerlarda, daryolar oralig'idagi orolchalarda yashaydigan manzillar paydo bo‘ldi. Ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug'ullanish rivojlandi. Bu davrga kelib toshga ishlov berish ham murakkablashdi. Hayvonlami xonakilashtirish kengayib bordi. It va boshqa hayvonlar ibtidoiy odamning yordamchisiga aylandi. Inson hayotidagi bunday o‘zgarishlar uning m a’naviy olamida ham o‘z ifodasini topa boshladi. Uning tevarak-atrofga munosabati ham o‘zgardi. Fikr yuritish, o'zini anglash va hislariga e ’tibor berish rivojlanib bordi, ruh, o ‘zga olam tushunchalari murakkaBlashdi. Bu o‘zgarishlar uning yaratgan buyumlari, ishlagan rasmlarida o'z ifodasini topdi. Shu davrdan san’at rivojlanishiga xos xususiyatlar sezilarli darajada o‘sdi. Agar qadimgi tosh asrining so‘nggida yaratilgan rasmlar — tasvirlarga e’tibor bersak ularda hayvonlarning alohida ko‘rinishi turgan, yotgan holda ishlanganligini ko‘ramiz. Xo'jakent, Suratsoy rasmlari tahlilida shuning guvohi boMgan edik (1-3-rasmlar). Ularda ibtidoiy rassom hayvonlar alohida tasvirlarining haqqoniy boMishiga, o‘ziga xosligini ko‘rsatishga harakat qilgan va ma’lum darajada shunga erishgan. O'rta tosh asriga kelib ana shu ibtidoiy realizm susayib hayvonlar tasviri shartli belgi yoki sharpasifat shakllarga aylana boshladi. Bu san’at rivojining tabiiy jarayoni edi. Chunki ibtidoiy rassom borliqni alohida-alohida tasvirlab, uni o'iganib o'zlashtirgani sari shu tajribalari asosida murakkab ko‘rinishlar tasvirini ishlashga o'ta boshladi. Endi rassom uchun borliq ko'rinishlarini, misolimizda hayvonlar ko'rinishlari tasvirini ishlash asosiy maqsad emas, balki shu tasvirlami umumlashtirib o‘z fikr, his-tuyg‘ularini ko'rsatish edi. 

Buning uchun ibtidoiy rassom chaqalash, qirish, chizish asosida rasm chizish uslubini davom ettirgani holda uni yanada murakkablashtira boshladi, rassomlikka rang kirib keldi, tasvirlarida odamlar, uy hayvonlari, jumladan, itlar surati paydo bo‘ldi. Shu o'rinda Surxondaryo, Jizzax, Faig'ona vohasi rasmlari e’tiborli. Shu rasmlar ichida Zarautsoy rasmlari alohida o'rin egallaydi. Ayniqsa, Zarautsoy—Kam ar g'oridagi ov manzarasi rasmi mashhur. Zarautsoy rasmlarining boshlanish davri rasm larida alohida yoki bir nechta hayvon tasviri ishlangan. Ibtidoiy rassom bu ishlarda o'zini kuzatuvchan va ko'rgan narsasini to 'liq aks ettirishga intilgan va buning uchun juda oddiy va sodda shakllardan foydalangan. Bu rasnilardan ko'rinib turibdiki, ibtidoiy rassom hayvonlardan buqa xususiyatlarini yaxshi his etgan, ularning qudrati, kuchi va harakatdagi vaqtini ishonarli va haqqoniy tasvirlagan. Zarautsoy rasmlaridan «Ov qilish» kompozitsiyasi birmuncha murakkab, mazmuni esa davr kishilari hayoti, yashash tarzi va fikr yuritish qobiliyatini namoyish etadi. Odamlar kuchli hayvonlami ov qilishda o'zlari uchun nafaqat kamon balki, himoyalanish, hayvon psixologiyasini bilgan holda uning oldiga niqobda yashirinib borishi mumkinligini ko'rsatadi. Odamlar somondan pichan g'aramini eslatuvchi niqob yasab olganliklari ularni hayvon oldiga yaqin borish imkoniyatini bergan. Ovchilarning ko'rinib tuigan oyoqlari ulaming harakatini bildiradi. Qo'llaridagi qurollari ulaming hujumga tayyor ekanligidan dalolat beradi. Odamlarga hamrohlik qilayotgan itlar ular bilan birga buqa oldiga yaqinlashmoqda (Rasmda buqa ortida ustiga niqob tashlab olgan odam yonidan ko'rsatilgan). Kompozitsiyada tasvirlangan baquwat buqa (nowos) odamlar kelishini sezib qolgandek oyoqlarini oldinga tashlagan holda harakatga tushgandek. Bir qarashda sodda, oddiy bo'lgan ana shu ibtidoiy san’at asarining davr mohiyati, inson tafakkuri rivojini bilishda ahamiyati katta. Zarautsoy rasmlari paleolitning so'nggi bosqichida ishlangan bo'lib, murakkab kompozitsiyalar esa biroz keyinroq, mezolitning boshlariga to'g'ri kelishini olimlar e’tirof etishgan. Jizzax vilovatining Taqatosh, Farg'ona vodiysining Soymolitosh manzillaridan topilgan ibtidoiy rasmlar ham murakkab kompozitsion yechimi bilan ajralib, ijtimoiy hayotning yangi-yangi qirralari — ovchilarning jamoa bo'lib, ovga chiqishlarini ishonarli talqin etadi.

3. Yangi tosh asri (Neolit. Miloddan awalgi 6 - 4 ming yillik).

Yangi tosh asriga kelib inson tabiat in’om etgan mahsulotlarni iste’mol qilish bilan birga o‘zi ham iste’mol mollarini ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni ko'paytirishga o'ta boshladi. Chorvachilik va dehqonchilik yanada rivojlana boshladi. Davring muhjm yutuqlaridan biri bu oddiy loydan mustahkam sopol buyumlar yasash bo'ldi. Yangi tosh asri — neolit davrini sopol asri deb yuritilishi ham shunda. Dastlabki sopol buyumlar dastgohsiz qo'lda yasalgan, ularning yuzasiga turli chiziqlar bilan bezak berilgan. Toshni kesish, ularga pardoz berish san’ati ham davr kishilarining estetik qarashlarining rivoji edi. Yangi tosh asrining xarakterli tomoni, yangiligi bu mayda haykaltaroshlikni hayotga kirib kelishi bo'ldi. Ular sodda ko'rinishli bo'lishiga qaramay, davr uchun muhimdir. Bu davrda qurilish san’ati — me’morlik paydo bo'la boshladi. Odamlar loydan yer ustida o'zlari uchun uy-joy qurishga kirishdilar. Bu davrda amaliy san’atning yangi turlari paydo bo'ldi. To'qimachilik, terini qayta ishlash sohasida muvafaqqiyatlarga erishila boshlandi. Hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlandi.

Iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi esa insonning aqliy kamoli va ma’naviy rivoji uchun kuchli turtki berdi. Bu davrga kelib suv havzalari bo'ylarida o'z xususiyati jihatidan qishloq jamoalariga o'xshash jamoa manzillari ko'paya bordi. Xorazm va Buxoro havzalarida esa ovchilarning o'ziga xos madaniyati shakllandi. Kaltaminor madaniyati mil. avvalgi 4-3 minginchi yillarga neolitning so'nggi va bronza asriga to'g'ri keladi. Bu madaniyat Jonbosqal’a balandliklari yodgorliklarini o'z ichiga olib katta hududni tashkil qiladi. Bu yerda chayla tipidagi turarjoy topilgan. Bu turarjoyda bir qancha oila guruhi yashagan. Kaltaminor madaniyatida kulolchilik rivojlangan. Ularning shakllari rang-barang. Turli xil sopol idishlar — ko'za, kosa va cho'michga o'xshash idishlarning yuzasiga turlicha yo'nalgan siniq chiziqlar naqsh hosil qilish vositasi sifatida keng ishlatilgan. Bu madaniyatga oid sopol buyumlar yuzasi o'yma va chizma naqshlar bilan bezatilgan. Shu m adaniyatda haykaltaroshlik ham rivojlanganligi topilgan ashyoviy dalillarda ko'rinadi. Albatta bu haykallarning ishlanishi sodda, hatto biroz qo'pol, lekin shu mavzuda haykallarning yaratilishi muhim. Kaltaminor madaniyatida tosh qurollar ham keng uchraydi. Bu davrda naqsh san’ati keng rivoj topdi. Ular  ko'proq to'g'ri chiziq, parallel chiziqlardan tashkil topgan.

4. Eneolit va bronza asri. Iste’molchilikdan ishlab chiqarishga o'tish va dastlabki shahar madaniyatining shakllanish yillari san’ati.

Mil. av. 3 minginchi yillarda O'zbekiston hududida mis ishlatila boshlangan, tosh qurollarning ko'pi yo'qola borgan. Eneolit (mistosh) asri sopol idishlari shakli o'zgardy Ular yuzasida murakkab naqshlar paydo bo'la boshladi, idishlarning tag tomoni yassi qilib ishlana boshlandi (awalgilartagi uchli qilib ishlangan). Amudaryo va Zarafshon etaklaridan topilgan misdan yasalgan munchoq, bilakuzuk va boshqa zeb-ziynat buyumlari bu davrda amaliy bezak san’ati rivojlanganligini ko'rsatadi.

Bronzaning hayotga kirib kelishi kishilar hayotini yanada yengillashtirdi. Odamlar bronzadan mehnat va ov qurollari, kosmetik buyumlar, turli taqinchoq va bezak buyumlar yaratishni o'rganib oldilar. Shu davrga oid ko'plab pichoq va xanjarlar, mehnat va ov qurollari, haykalchalar, kundalik turmushda ishlatiladigan uy anjomlari yuksak mahorat bilan ishlangan. Bronza asri rassomchiligi Samarqand viloyati Xatirchi tumani Burgansoy rasmlarida (mil. av. 2 minginchi yillardan boshlanib, mil. av. VI-I asrlargacha davom etgan) uchraydi. Bu yerda ishlangan rasmlarda hayvonlar tasviri - tuya, ot, buqa, to'ng'iz, sher, bo'ri hamda hayotiy lavhalar, jumladan, ov manzarasi bor. Oqtomdan(Farg'ona) topilgan shoxga ishlangan rasm, Quyi Mozordan (Buxoro) topilgan suyak plastinkasiga ishlangan rasmlar ibtidoiy davr rassomchiligining mavzu va janrlari kengayib borganini ko'rsatadi. Bu rasmlarda odam qiyofasiga ham e’tibor orta boshlaganligidan dalolat beradi.  

Ibtidoiy davr haykaltaroshligi o'zining rang-barangligi bilan xarakterlanadi va u dumaloq va bo'rtm a tasvir relyef tarzida namoyon bo'ladi. Haykallar loydan yasash va uni olovda kuydirib terrakotaga aylantirish, yog'och, suyakdan yo'nish, tosh, marmarga ishlov berish hamda metall-bronza, oltindan haykallar quyish uslublarida bajarilgan. Mavzusi ham birmuncha keng. Odam, hayvon va turli qushlar haykallari, alohida bosh haykali, janrli kompozitsiyalar arxeologlar tomonidan topilgan. Ayniqsa, quyma haykallar yaratish borasidagi ishlar jez (bronza) davrida yuksaklikka erishdi. Chunki quym a haykal yasash haykaltaroshdan o'z g'oyasini ifodalashda qator jarayonlami amalga oshirish — dastlab g'oyani materiallashtirish, ya’ni shaklini yasab olish, so'ng undan qolip olish va shundan keyingina qolipga kerakli metallni (bronza, oltin, mis) eritib quyish va nihoyat, uni qolipdan chiqarib ishlov berish jarayonlarida aqliy ham jismoniy kuch talab etar edi. Shunday jarayonlarda amalga oshirilgan ko'pgina buyum va haykallar bizgacha yetib kelgan.

Farg'ona quyma topilmalari ichida amaliy bezak buyumlari keng o‘rin egallaydi. Farg'ona vodiysining Haq qishlog‘idan 1899-yili bir qancha bronza va kum ushdan ishlangan buyumlar — mehnat va ov qurollari topilgan edi. Shular ichida sigir sog'ayotgan ayol haykali ishlangan to'g'nag'ich bezagi xarakterli. Unda o‘z buzoqchasiga engashib qarab turgan sigir va uni sog‘ayotgan ayol tasvirlangan. Haykaltarosh oddiy mana shu kom pozitsiyada hayotiy voqeani aks ettiradi. Shu davrga oid ov va mehnat qurollari ham o'zining bejirim shakli, topilgan o'lcham nisbatlari bilan yaxshi taassurot qoldiradi. Ibtidoiy jamoa davrining so'nggi bosqichlarida toshga ishlov berish, tosh, m arm ardan haykal yasash san’atini ibtidoiy haykaltarosh mukammal o'zlashtirib oldi. Farg'ona vodiysidan topilgan ikki boshli ilon tasviri mil. av. 2 minginchi yillarda ishlangan. Unda tosh sathiga yaxshi ishlov berilgan, silliq ilon tanasida oq chuqurchalar bo'lib, ularga oqish gips to'ldirilgan, ko'z va tishlari inkrustatsiya uslubida ishlangan va qimmatbaho toshlar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Marmardan ishlangan «Qayiqdagi buqa», «Toshbaqa» haykali, toshdan yasalgan «Erkak boshi» haykali davr haykaltaroshlik namunasi sifatida e’tiborga loyiq.

Mirshodi manzilidan topilgan qora toshdan ishlangan «Erkak boshi» haykalida qattiq materialga ishlov berib katta shakllarda odam boshi xususiyatlarini ko'rsatishga muyassar bo'lgan. Bu davr sopol haykaltaroshligi — terrakotada betakror haykallar ishlandi. Bu haykallar mavzusi rang-barang. Odam , hayvon, qushlar, turli hayotiy voqealar shu haykallarda o'z aksini topgan. Haykaltaroshlikdan buyumlarni bezash ishlarida ham keng foydalanilgan. Turli ko'za, xum kabi buyumlarning band va ayrim bo'lim lari hayvonlar, masalan qo'y, sher va boshqa hayvonlar shakliga o'xshatib yasalgan.

Ibtidoiy jamoa davri amaliy bezak san’ati ham boy va rang-barang. Bu san’at kishilar kundalik ehtiyojining ajralmas qismi bo'lib, u odamzodning birinchi bor qo'liga yog'och olib undan foydalanganida, tosh bilan toshni maydalaganida shakllana boshlagan edi. Amaliy san’at rivojlanishining yangi bosqichi sopolning ixtiro etilishi — kulolchilikning paydo bo'lishi bilan bogMiq. Sopolning ixtiro etilishi ijtimoiy hayotda katta o'zgarishlar yasadi. Sopol p ish irish texnologiyasining rivojlanib borishi yaratilgan buyumlarning shakli va ko'rinishida ham aks etdi. Dastlabki sopol buyumlar qo'lda, dastgohsiz bajarilgan. Asta idishlar shakliga e’tibor ortib ularni turli chiziqli, rangli va chizma naqshlar bilan bezash san’ati rivojlandi. Sopol buyum yuzalariga to'lqinsimon, katak, uchburchak, to'g'ri chiziqli naqshlar chizma, bosma uslublarda ishlangan.

Zarafshon vohasidan topilgan sopol buyum lar yuzasi shunday to'lqinsimon naqshlar bilan bezatilgan. Xorazmning Kaltaminor qishlog'i yonidagi Jonbosqal’adan topilgan sopol idishlar ichi tuxumsimon va ikki chekkasi qayiq uchiga o'xshagan sopol tovoq idishlar O'zbekiston hududidan topilgan eng qadimiy sopol namunasi hisoblanadi.

Kishilarning ma’naviy o'sishi me’morchilikda ham o'z ifodasini topa bordi. Odamlar dastlab g'orlarda, katta-katta tosh panalarida, keyinroq yerto'lalarda yashagan bo'lsalar, asta shox-shabbalardan va qamishdan foydalanib ko'pchilik yashaydigan turarjoylar yarata boshlaganlar. Sam arqand yerlarida, Am udaryoning quyi vohalarida, Qizilqum sahrosining g'arbiy chekkalari, Qoraqum shimoliy qismlarida shunday joy qoldiqlari topilgan. Markaziy Osiyoning janubiy tom onidagi me’morliklarda loy va turli shakldagi xom g'ishtdan foydalanish, bino devorlari, pollarini suvash va (bo'yoq) rang berish paydo bo'la boshladi. Davr manzillari O'zbekiston hududida anchagina saqlanib qolgan. Bular ichida Obishir, Machay g'ori kengo'rganilgan. Arxeologlar fikriga ko‘ra, faqat Farg'ona vohasida shunday manzillar mingdan ortiq boMgan.

Mil. awalgi 2 minginchi yillarda Surxondaryoning Sherobod daryosi havzasi, Qizilsuv, Bandixon soylari atrofida shakllangan m adaniyat (Bu m adaniyat Sherobod madaniyati deb ham yuritiladi) 0 ‘zbekiston tarixida muhim o‘rin egallaydi. Sopollitepa katta qishloq jam oasi tarzida qurilgan bo‘lib, uning markazida ko‘rinishi jihatidan kvadrat shaklidagi murakkab rejali qo‘rg‘on bo‘lgan. Qo‘rg‘on ichida turarjoylar, xo‘jalik va hunarmandlik diniy qurilmalar mavjud boMgan va ular ko‘chalar bilan bir biridan ajratilgan. Bu qo‘rg‘on qurilishida standart g'ishtlar ishlatilgan. Qo'rg'on ichida kulolchilik ustaxonasida xo'jalik uchun zarur boMgan idishlar ishlab chiqarilgan. Shu madaniyatda kulolchilik va metall quyish san’ati (bronza nazarda tutiladi) yuqori boMgan. Sopollitepadan topilgan kulolchilik buyumlari deyarli bezaksiz va o'z shakli rang-barangligi, nisbatlarining o‘ziga xos nafisligi hamda loydan nozik, yupqa va yengil idishlar yarata olish xususiyati shu davr ustalarining yuksak m ahorati, sopolsozlik texnologiyasini chuqur o'zlashtirganliklaridan dalolat beradi.

Bu yerda eritish san’ati, qolip olish ishlari ham yo'lga qo'yilgan. Turli ko'zgu va uy anjomlari, kosmetika uchun idishchalar badiiy jihatidan barkamol bo'lishiga rassom katta e ’tibor bergan. Sopol idishlar, ko'zalarning bandlari odam shaklini eslatuvchi haykallar bilan bezatilgan.

B ronza asrining so'nggi bosqichidagi Farg'ona vohasining manzillaridan biri Chust madaniyati bollib, bu yerda ham mil. awalgi 2 minginchi yillarda o'ziga xos madaniyat shakllangan. Shu davrda bu yerlarda o ‘tov tipidagi uylar qurilgan. Qurilishda loy ishlatilgan. Odamlar yashaydigan manzillar atrofi qalin devor bilan aylantirib o'rab chiqilgan. Kulolchilik rivojlangan. Ko'za, kosa, xum kabi sopol idishlar ishlanib ularning yuzasiga qora bo'yoqda sodda geometrik naqshlar ishlangan. Ayrim sopol idishlar yuzasiga naqshlar o'yib yoki qirib(timab)ishlangan. Bronza asrining so'nggi bosqichi va temir asrida shakllangan Xorazmning Tozabog'yob, Suvyorg'on, Amirobod (mil. awalgi IX—VIII asrlar) madaniyati o'zbek san’ati tarixida muhim bosqich bo'ldi. Bu davrda sopol buyumlar yuzasini sir(glazur)bilan qoplash paydo boMdi

Dastlabki davlatlar 0 ‘zbekiston hududida mil. avv. VIII-VII asrlarda rivojlana boshladi. Davlat tuzilmalariga esa miloddan oldingi davrlarda shakllangan qabilalar ittifoqining harbiy demokratiya tamoyillari asos qilib olingan.

5. Temir asri (miloddan avvalgi 1 ming yilli)

Inson tafakkurini rivojlanishi va u bilan bogMiq madaniy rivoj miloddan awalgi 2 ming yillik boshi - 1 ming yillik oxirlarida O'zbekiston hududida yirik ijtimoiy-madaniy birlashmalarni yuzaga keltira boshladi. Temir asriga kelib ijtimoiy hayotning murakkablashuvi, oqsoqol va harbiy rahb arlar orasidagi munosabatlar mustahkam davlat tuzilmalarini kuchayishiga olib keldi. 0 ‘zining aniq mafkura va ko'rsatmasiga tayangan mustaqil davlatlar shakllandi. Ma’lumotlarga ko‘ra miloddan avvalgi VIII - VI asrgacha bo'lgan davrda Markaziy Osiyo yerlarida bir qator quldorlik davlat birlashmalari mavjud bo'lgan. Ular mustaqil tarzda xo'jalik yuritib o'z qudratlarini oshirib borganlar. Shulardan biri So'g'd bo'lgan. Poytaxti Maroqand (Samarqandning qadimiy nomi)da joylashgan bu davlat birlashmasi Zarafshon, Qashqadaryo vohalarini o'z ichiga olgan. Bu vohada qadim paytlarda o'troq va ko'chmanchi qabilalar yashab kelgan. Shu yerlarda miloddan awalgi 1 ming yillik oxirlarida dastlabki shahar madaniyati shakllana borgan. So'g'dning qulay o'rni Buyuk Ipak yo'li ustidan o'tganligi ham uning madaniy hayotining jonli bo'lishini ta’minlagan. Sharq va G'arb o'rtasida joylashgan bu davlat miloddan avvalgi VII asrlardayoq Old Osiyo va O'rta dengiz havzasidagi davlatlar bilan, jumladan, Yunon-Rim davlatlari bilan yaqin aloqada bo'lgan. So'g'dda san’at, madaniyat yuqori bo'lgan, haykaltaroshlikda shu davrlarda yaratilgan ayrim namunalar bizgacha yetib kelgan va ularda ko'proq ayollar haykali uchraydi.

Xorazm yerlarida dastlab yuzaga kelgan «Katta Xorazm» davlatlar birlashmasi poytaxti Yakkaparson boMgan deb taxmin qilinadi. U o'zida davrning tengsizlik va milliy tabaqalanish davrini namoyon qiladi. Sariqamish bo'yida joylashgan mil. av. VI—V asrlarda harbiy istehkom tarzida barpo etilgan Ko'zaliqir shahristoni shu davlatning yirik shaharlaridan boMgan. Bu yerdan naqshinkor idishlar, oltindan yasalgan shoxdor taka kabi topilmalar ochilgan. Qadimgi Xorazmning chekka joylaridan topilgan sopol quti va hajmli shakllar e’tiborga loyiq. Ostadon, ossuariy deb nomlangan bu quti va shakllar ichida marhumning suyaklari saqlangan. Davrga oid mayda sopol haykallar ham m a’naviy-diniy qarashlarni o'zida aks ettiradi. Bunday haykallar hosildorlik.xudosi Anaxitaga bag'ishlangan deb taxmin qilinadi.

Miloddan aw algi VI asrdan boshlab Sirdaryo kengliklarida ko'chmanchi xalqlarning Qan davlati tarkib topa borgan. Mil. av. II Sopollitepa sopotlari tiplari asr ikkinchi yarmi — miloddan awalgi I asrlarda Qang‘ davlati 0‘zining gullagan davrini boshdan kechirdi. Shu davrda uning yerlari yanada kengayib chegaralari Xorazmgacha yetib borgan. Shu davrda yangi qal’alar qurilgan. Shaharlar atrofi qalin devor bilan mustahkamlangan. Hukmdorlar o‘z pullarini chiqarganlar, pul-tovar munosabatlari murakkablashgan. Shu davrga mansub deb hisoblangan plastinadagi jang voqealarini aks ettiruvchi tasvir e’tiborli.

Unda qurollangan jangchilar o‘zaro jang qilayotgan vaqtlari tasvirlangan. E’tibor berilsa, jangda qatnashayotganlarning kiyimlari bir xil, qurollari ham. Voqeaning bunday tasvirlanishini olimlar ichki nizo sifatida ta’riflashadi. Haqiqatan ham jangchilar orasidagi kelishmovchilik shunday urushga sabab boMgan bo'lishi mumkin. Biz uchun esa muhimi tasvirning plastina yuzasiga ishlanishi va uning yuksak darajada bajarilganligidir.

O'zbekistonning janubiy tomonlarida shakllangan Baqtriya davlati shaharlari va odami bilan mashhur boMgan. Uning poytaxti Baqtra mustahkam devor bilan o'ralgan qo'rg'onni (akropolni) tashkil etgan. Baqtriyaning Qiziltepa (Sho'rchi, Surxondaryo vil.) shaharchasi e. a. VII—VI asrlarda shakllangan edi. Shahar to'rtburchak shaklida bo'lib, qalin devor, uning atrofi esa zovur bilan o'rab chiqilgan. Devorlari shinakli, yarim dumaloq minoralar esa muhim o'rin egallab, odamlar yashaydigan boshqa manzillardan ajralib turgan. Shunday shaharlar Baqtriyaning boshqa yerlari uchun xarakterli boMgan. Turarjoy va yashash qo'rg'onlari ko'p hollarda kvadrat yoki to'rtburchak shaklida bo'lib, bu qo'rg'onlar ichki hovli, ayvonlarga ega, yog'och ustunlar qurilishda keng ishlatilgan. Qiziltepa yaqinidan Qizilcha qo'rg'oni shunday qadimiy yodgorlik namunasi hisoblanadi.

Jarqo'ton me’morligi, ayniqsa, uning ibodatxonasi alohida o'rin egallaydi. Bu ibodatxona hashamatli bo‘lib, uning mehrobida muqaddas olov yonib turgan. Qal’ada kommunikatsiya ishlari yo‘lga qo'yilgan. Qal'a ichida 7m. chuqurlikdagi quduq bo'lgan. Yuqorida ko'rib o'tilgan madaniy markazlar san’atini bir biriga taqqoslaydigan bo'lsak, bir tom ondan, O'rta Osiyoning janubiy tomonlarida o'troq dehqonchilik bilan shug'ullanadigan qadimgi Sharq shahar sivilizatsiyasi tipidagi jamoa va shimolda ovchilik va baliqchilik bilan shug'ullangan, keyinroq chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullana boshlagan jamoalar mavjud edi. Shu ikki madaniyat, uning san’at uslublari keyingi uzoq davom etgan davr xarakteriga ta’sirini o'tkazib bordi va rivojlandi.  

Izohlar

Fikringizni yozib qoldiring!