Loyiha haqida

Agar siz ushbu saytga tashrif buyurgan bo‘lsangiz, demak siz tasviriy san’atga befarq emassiz. Ushbu sayt mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘zida O‘zbekiston rassomlarining asarlarini jamlagan va to‘xtovsiz ravishda to‘ldirib boriladi.

Loyihaning maqsadi: Tasviriy san’atni ommalashtirish, talabalar va rassomlarga hamkasblari ijodlaridan qulay bahramand bo‘lish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.

Saytni tashkil qilinishining sababi: Rassomlarning asarlarini keng ommaga havola qilish imkoniyatlari nisbatan chegaralangan bo‘lib, kataloglar kitob javonlarida qolib ketadi, ko‘rgazmalar esa davriy chegaralangandir.

Saytdagi asarlar: Rassomlar asarlari fotoga olinib, yoki reproduksiyadan skaner qilib yig‘ilgan.

Inobatga oling: Asarlarning raqamli tasviri o‘zida ranglarni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirmaydi. Texnik sabablarga ko‘ra xatolar bo‘lishi extimoli mavjud. Agar xatolarni aniqlasangiz bizga ma’lum qilishingizni so‘raymiz.

Loyihaning nomi: “O‘zbekiston rassomlarining onlayn katalogi” nomi loyihaning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘lib, saytning nomi loyiha nomining ingliz tili tarjimasidagi bosh harflaridan olingan (Online Catalog of the Artists of Uzbekistan) ocau.uz.

Loyiha muallifi: Rashidov Jamshid

Talabalik davrimdan O‘zbekiston rassomlarining ijodlari to‘g‘risida nashr qilingan kataloglar va ko‘rgazmalar orqali ma’lumotga ega bo‘lar edim, ammo qisqa vaqt o‘tgach u yoki bu rassom ijodi bilan tanish emasligimni aniqlar edim. O‘sha vaqtlarda rassomlarning asarlarini jamlovchi internet manbasi to‘g‘risida g‘oyalar paydo bo‘la boshlagan. Internetda tasviriy san’atga bag‘ishlangan bunday manbalar ko‘p, ammo ular asosan jahon mumtoz tasviriy san’atini namoyish qiladi. Shu sababdan O‘zbekiston tasviriy san’atini namoyish etuvchi internet manbasini tashkil qilishga qo‘l urdim. Ushbu loyiha barcha uchun foydali bo‘lishiga umid qilaman!

Sayt 22 dekabr 2019 yilda ishga tushgan. Loyiha haqida taklif, fikr, istaklaringiz bo‘lsa info@ocau.uz pochta manziliga yuborishingiz mumkin.



Telegram kanalga obuna bo‘ling 


Obuna bo‘lish

 

Izohlar

Чарос

2023-04-28 20:01:34
зур манга жудаям ёқди купрок рассомлар таржимаи холлларихам бўлса яхши бўларди излагн нарсаларимни топдим сизга рахмат

Чарос

2023-04-28 20:03:06
Бу сайт менга жудаёқди излаган маьлумотларимни топдим хохлардимки янаям купрок маьлумотлар булишини рахмат

Fikringizni yozib qoldiring!