Malik Nabiyev hayoti va ijodi

Ахмедов М.
Малик Набиев ҳаёти ва ижоди. — Т.: F. Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашр., 2000. — 56 б.

USTOZ

O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining faxriy a'zosi, professor Malik Nabiev musavvirgina emas, murabbiyligi bilan ham mashhurdir.

Sakson besh yoshga to‘layotgan ustoz biz bilan suhbat chog‘ida xotiralarni yodga olib shunday dedilar: "1934 yili badiiy bilim yurtida ikkinchi kursda o‘qib yurardim. Toshkentning "Sebzor" dahasidagi 15-etti yillik maktabda tug‘ma qobiliyat sohibi, ustoz rassomlarimizdan Bahrom Hamdamiy (1910— 1943) rasmdan dars berardilar. Bir kuni vaqtlari ziqligi tufayli o‘rinlariga dars berishimni aytib qoldilar. Avvaliga yuragim dov bermadi-yu, ustoz gaplarini ikki qilgim kelmadi. Menga nisbatan bo‘lgan ishonchlarini oqlashni shogirdlik burchim deb xisobladim. Sentyabrdan dars bera boshladim. Bu muallimlik faoliyatimning boshlanishi edi. 5-7-sinflarga rasmdan saboq o‘tarkan man. dilimda quvonch jo‘sh urardi. Bolalar surat chizishga juda qiziqishardi. Talaba ekanligimni ham unutib, o‘zimni rasm uqituvchisi deb bilardim".

1937 yili Toshkent badiiy bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgan Malik Nabievni dars berish uchun shu joyning o‘zida olib qolishdi. Rasm va rangtasvirdan dars bera boshladi. Muallimlik sohasi Malik Nabievga tobora yoqar, bilganlarini hech kimdan ayamas. kunu-tun ishlasa-da, horimasligini his etar, bu uning kasbiga bo‘lgan ixlosi, ishtiyoqi edi. Murabbiylik kilish ishi sidqidillikni sahiy qalb egasi bo‘lishni taqozo etishini u o‘sha paytlardayoq payqagandi

"1934 yili "Mushtum" jurnali tahririyatiga yo‘lim tushib qoldi, — deb eslaydi musavvir. Meni bu yerga taniqli hajvchi rassom Vohid Odilov boshlab kelgandi. U chizgan rasmlar jurnalda tez-tez chiqib turardi. Muharrir G‘ulom G‘ofurov huzurida bo‘lganimizda yozuvchi Abdulla Qodiriy xonasita kirishimizni. topshiriqlar olishimizni aytdi. Jurnaldagi barcha rasmlar u kishi orqali qabul qilinarkan.

Abdulla Qodiriy o‘ychan, sinchkov, jidliy boqishli inson ekanligini payqadim. U kishi bizni yaxshi kutib oldi. Tezda maqsalga o‘tib, zamon talabiga ko‘ra topshiriqlar bera boshladilar. Shaxsan menga: "Bangilik avj olyapti, kurashish kerak. Abdumalik, xalq desant, haq desang rostgo‘ylik yo‘lidan borib, "Balanl machit" dagi mahallada yashayotgan bangilar hayotini o‘rganib, hajviy rasm ishlab kel. Kuzatganingda go‘yo shularga o‘xshagin, — dedilar-da. bir oz o‘ylanib, — gapimga to‘g‘ri tushun, tag‘in bangilardek bo‘lib qolma", deb, kulib, hazillashib ham qo‘ydilar. "Rasmlaringni kutaman", dedilar yaxshi kayfiyatda.

Bangilar hayotidan rasmlar chizib, Abdulla Qodiriyga ko‘rsatsam, birortasi ham yoqmadi. Shu yilning o‘zida uch marta boribman. Tasviriy san'atga ancha-muncha tushunarkanlar. O‘zim qiziqqan mavzuni oldim. Temiryo‘lchilar hayotidan "Mashinist oilasi" deb atalmish hajviy bo‘lmasa-da, tarbiyaviy mazmundagi rasmim "Mushtum" jurnalida bosilib chiqdi. Yozuvchi, men hali yosh, endigina o‘n sakkizda bo‘lganim uchun. musavvirlik qobiliyatimni sinab ko‘ribdilar. Nimaga qiziqishimni bilibdilar. Abdulla Qodiriy bilan ko‘rishish, suhbatlashish nafaqat ijod qilishimga, ishimning tarbiya viy tomonlariga ham katta yordam berdi.

Keyinchalik uncha katta bo‘lmagan, ixchamroq "Abdulla Qodiriy" portretini yaratdim. Adabiyot darsligiga mo‘ljallagan bu asarimda yozuvchini qanday bo‘lsa shundayligicha tasvirlashga harakat qilganman. Hech qanday qo‘shimchalar yo‘q. O‘sha o‘ychanlik, o‘sha jidsiy boqishlar portretda o‘z aksini topgan", Murabbiy musavvir bo‘lish tinmay o‘qib-o‘rganishni keng dunyoqarashga ega bo‘lishni talab etardi. Malik Nabiev oliy maqsad yo‘lida mo‘yqalamini bir nafas ham tinchitmay. o‘qishdan, izlanishlardan erinmasdan mehnat qildi. 1938 yilda O‘zbekiston rassomlari uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi. Xuddi shu yili uyushmada yoshlarni tarbiyalash uchun ikki yillik kurs tashkil etildi. Unda o‘qish uchun 20 nafar yosh rassomlar qabul qilindi. Ular orasida M. Nabiev ham bor edi. Mutaxassislik bo‘yicha dasturga qalamtasvir. rangtasvir va uning texnologiyasi, san'at tarixi, Plastik anatomiya fanlari kiritilgan shuningdek Peterburg Badiiy Akademiyasida 2—3 oy tahsil olish ham rejalangan edi. Bu fanlarni o‘qitish uchun tajribali rassomlardan: O. Tatevosyan., V. Yeremyan, P. Ben'kov. Pestenskiy va A. Matveev kabi o‘qituvchilar jalb etildi.

"Ikki yil ichida ko‘p narsalarni o‘rgandim. Ayniqsa, P. Ben'kov rangtasvirda ishlashni, plastik anatomiyani esa professor A. Matveev (Parij universitetida plastik anatomiya fakul'tetini bitirgan) o‘rgatishdi, — deb eslaydi M. Nabiev. — Masalan, odam ruxiy holatini aniqlashda yuzidagi imo-ishoralar: ko‘z. qosh, peshonalagi ajin chiziqlar, burun — lablar tuzilishi va harakatini bilishlik portretlarni yaratishda katta ahamiyatga ega ekanligini urgandim.

1939 yilda Peterburgdagi I. Repin nomli Badiiy Akademiyaga borganimizdan so‘ng, bizni professor Kiplikka biriktirib qo‘yishdi. U rangshunoslik va rangtasvir bilan ishlash texnologiyasini batafsil o‘rgatdi. Ko‘p yillik ilmiy tajribalari bilan tanishtirdi. Rembrandt. Tisian, Rafazel', Leonardo da Vinchi va boshqa rassomlarning asarlari haqida suhbatlar olib bordi. Malaka oshirish mashg‘ulotimiz ikki yarim oy davom etdi. Bunday saboqlar men uchun katta maktab bo‘ldi".

Malik Nabiev badiiy bilim yurtini bitirib, malaka oshirishlar bilan chegaralanib qolmadi. Ishni murabbiylikdan boshlagan Malik Nabiev yoshlik paytida ko‘proq ilm olishga intildi. Murabbiylik sir-asrorlarini yanada puxtaroq bilish uchun 1957 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti baliiy-grafika fakul'tetining sirtqi bo‘limiga kirib, uni 1962 yili muvaffaqiyatli bitirdi. Oliy o‘quv yurti rahbariyati 1958 yiliyoq, Malik Nabievni muallimlik qilishiga yo‘l ochib bergan edi. Institutni bitirgach, 1963— 1988 yilga qalar rangtasvir va qalamtasvir kafedrasi mudiri, professor lavozimlarida uzoq ishladi.

 

 

Izohlar

Fikringizni yozib qoldiring!