Muxammadiyor Tashmuratovning xayoti va ijodidagi asosiy sanalar

1953 - Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan.

1968-1973 - P.P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida I.B.Skorikov ustaxonasida tahsil olgan.

1977 - Baykal-Amur magistraliga ijodiy safar.

1979 - A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti, Xalq rassomi R.A.Axmedovning ustaxonasida tahsil olgan.

1979 - A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti rangtasvir kafedrasi o‘qituvchisi.

1980 - Milliy, Butunittifoq va xalqaro ko‘rgazmalari faol ishtirokchisi.

1982 - O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a'zosi.

1987 - Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan «Tau-Turgen» xalqaro simpoziumi ishtirokchisi.

1988 - Qirg‘izistonning «Issiqko‘l» xalqaro simpoziumi ishtirokchisi.

1989 - Qozog‘istonning Janbul shahridagi shaxsiy ko‘rgazma.

1990 - Bolgariyaga ijodiy safar.

1991 - Korovin nomidagi ijod uyi, Gurzuf shahri.

1992 - Senej ijod uyi, Rossiya.

1990 - 2002 - Navro‘z bayrami va Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmalarning faol ishtirokchisi.

2002 - Italiyaning Turin shahriga ijodiy safar.

2003 - Toshkentdagi shaxsiy ko‘rgazma.

2003 - O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining kumush medali sohibi.

2007 – «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2007 - Xitoyga ijodiy safar (Pekin, Handjoy, Shanxay).

2009 - 2011 - Toshkent Xalqaro Biennale diplomi sohibi.

2010 - K. Behzod nomidagi MRDI rassomlik kafedrasi professori ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.

2013 - 60 yillik yubileyiga bag‘ishlangan shaxsiy ko‘rgazma

2015 - «O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

2018 - O‘zbekiston Davlat san'at muzeyida shaxsiy ko‘rgazma.

2023 - 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan shaxsiy ko‘rgazma

2023 - O‘zbekiston badiiy Akademiyasining Oltin medali sohibi.

Rassomning asarlari O‘zbekiston Davlat san'at muzeyi, I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat san'at muzeyi, Qozog‘istonning Almata shaxridagi Kasteev nomidagi Davlat san'at muzeyida, shuningdek Aqsh, Koreya, Xitoy, Gresiya, Bolgariya, Italiya, Rossiya va Malayziyadagi muzey va shahsiy to‘plamlarda saqlanadi.

Izohlar

Fikringizni yozib qoldiring!