Sattorov Muxammadjon Abduqahhorovich 1988-yil 15-mayda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2004–2007-yillarda Farg‘ona San’at kollejida tahsil olgan. 2013–2017-yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Stanokli rangtasvir” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. 2017–2019-yillarda magistraturada o‘qishni davom ettirgan. 2019-yildan buyon Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Stanokli rangtasvir” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.
Ijodiy yutuqlari:
2016 – “Ilhom chizgilari” ko‘rgazmasi (Toshkent)
2019 – “Ipak yo‘li aloqalari” xalqaro talaba san’ati ko‘rgazmasi (Nantong universiteti, Xitoy)
2021 – Tasviriy va amaliy san’at xalqaro festivali (Toshkent)
2022 – “Mening armiyam – mening faxrim” tanlovi, 2-o‘rin (Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Toshkent)
2023 – “Navqiron O‘zbekiston” zamonaviy san’at festivali (Toshkent)
2023 – “Sharqning quyosh rang palitrasi” xalqaro loyihasida ishtirok (Qirg‘iziston)
2023 – An’anaviy tasviriy va amaliy san’at xalqaro festivali doirasida yosh rassomlar ko‘rgazmasi, Ikuo Hirayama “Madaniyat karvoni” Xalqaro madaniyat saroyi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi (Toshkent)
2023 – MDH akademiyasining yosh rassomlar uchun “Hamdo‘stlik aloqasi-2023” ko‘rgazmasi (Sankt-Peterburg)
2024 – “Moviylik sari parvoz V: Yuragim ohangi” loyihasi, Toshkent Fotosuratlar uyi (Toshkent)