Ilmiy maqolalar

Moybo‘yoqning rangtasvir san’atidagi badiiy ifodalash imkoniyatlari

Original: MOYBO'YOQNING RANGTASVIR SAN'ATIDAGI BADIIY IFODALASH IMKONIYATLARI

OCAU ID: OCAU-S-000023

Art and Design Social Science, 2025

RassomChingiz Ahmarov
Tilen
IndexOpenAlex

Annotatsiya

Ushbu maqolada moybo‘yoqning rangtasvir san’atidagi badiiy ifodalash imkoniyatlari va yaratilgan asarlarning mustahkamligi hamda uzoq saqlanishini ta’minlashdagi ahamiyati san’atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda moybo‘yoqning rang koloritining boyligi, erkin ishlanishi va chidamlilik kabi asosiy xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. XV asrdan XX asrgacha bo‘lgan davrdagi Yan van Eyk, Leonardo da Vinchi, Rembrandt va Van Gog kabi rassomlarning o‘ziga xos texnikalari (masalan, lessirovka, sfumato, impasto) o‘rganilib, bu usullarning badiiy ifoda yaratishdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, moybo‘yoq texnikasi tempera va freska kabi boshqa rangtasvir uslublari bilan qiyosiy tahlil qilinib, uning moslashuvchanligi, xatolarni tuzatish imkoniyati va rang gradatsiyasidagi ustunligi asoslangan. O‘zbekiston rangtasvir san’atida moybo‘yoqda ijod qilgan taniqli rassomlar, jumladan O‘rol Tansiqboyev va Chingiz Ahmarov asarlari orqali ushbu texnikaning milliy san’atdagi o‘rni ta’kidlangan. Maqolada moybo‘yoqning sekin qurishi va boy ranglar yaratish imkoniyati uni badiiy ifodaning muhim vositasi qilib kelayotgani, shuningdek, asarlarning uzoq saqlanishiga ko‘maklashishi asoslangan.

Kalit so'zlar: oil painting, artistic expression, tempera, frescoes, sfumato, impasto, color gradation, Uzbek painting, Renaissance painting, Rembrandt, Vincent van Gogh, Leonardo da Vinci