Maqolada O‘zbekiston xalq rassomi Qutlug‘ Basharovning bir qator ijodiy asarlari tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston grafik san’atidagi o‘rni yoritiladi. K. Basharovning O‘zbekistonda dastgoh va kitob grafikasi rivojiga qo‘shgan hissasi, o‘zbek mumtoz adabiyoti va dostonlariga ishlangan illyustratsiyalar hamda dastgoh grafikasi asarlari misolida adabiy qahramonlar obrazlari va badiiy asar mohiyatini chuqur tahlil orqali ochib berish mahorati ko‘rib chiqiladi. Ushbu asarlardagi obrazlar aniq va mukammal ishlangani, kuchli taassurot qoldirishi hamda mavzular xilma-xilligiga qaramay, o‘ziga xos, takrorlanmas uslubda bajarilgani ta’kidlanadi.
Kalit so'zlar: book illustration, easel painting, Uzbek classical literature, Uzbek epic poetry