Bu sen

calendar_month 2 Noyabr, 2024 | visibility 215

Yigit Sattorning ishlari 2-noyabr kuni "Ilhom" teatrida "Bu Sen" nomli shaxsiy ko'rgazmasida namoyish etildi.

Rassomning ishlarida ichki his-tuyg'ular va taranglik seziladi. Ko'rgazmada bir nechta uslublarni ko'rish mumkin. Yosh rassom sifatida u mashhur ustalar, masalan, Pablo Pikasso va Gerxard Rixterlarning asarlaridan elementlar olgan. Ko'rgazma kontseptsiyasi tomoshabinlarga yo'naltirilgan bo'lib, ularning ichki dunyosini aks ettirib, mulohaza qilish imkonini berish maqsad qilingan. Ushbu maqsadga erishilgan, deb aytish qiyin, chunki asarlardan rassomning o'zi ko'rinadi.

"Bu Sen" nomli ko'rgazma tomoshabin va san'atkor o'rtasida chuqur o'zaro aloqalar uchun makonga aylandi, hamda har bir kishini ichki dunyosi haqida fikrlashga undaydi. Yigit Sattorning ishlari turli taassurot qoldirdi va mulohazaga turtki bo‘ldi.


Jamshid Rashidov

Izohlar

Fikringizni yozib qoldiring!