calendar_month 23 Yanvar, 2025 | visibility 69
23-yanvar kuni Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida "Oʻzmilliybank" AJ kolleksiyasidan grafik sanʼat asarlarining koʻrgazmasi ochildi. Koʻrgazmada MDH davlatlari rassomlarining ofort, linogravyura va litografiya texnikalarda yaratilgan asarlari namoyish etildi.
Koʻrgazmada asarlari taqdim etilgan mualliflar orasida sanʼatga katta hissa qoʻshgan mashhur rassomlardan: G. Tsereteli (Gruziya), A. Guseynov (Ozarbayjon), R. Azimov (Tojikiston), A. Petrov va V. Ivanov (Rossiya), shuningdek, K.Basharov, I. Vohitov, M. Kagarov, A. Mamajonov va M. Sodiqov (Oʻzbekiston). Qozogʻiston A. Yubeysembinov va D. Zulfukarovaning asarlari namoyish etildi.
Koʻrgazma 1970–1980-yillarni qamrab oladi va uning asosiy maqsadi — oʻsha davr rassomlarining atrof-muhitni grafik sanʼat prizmasi orqali qanday talqin qilganliklarini namoyish qilishdir.
Koʻrgazmaning ochilish marosimida akademik A. Mamajonov, taniqli rassomlar E. Pak va D. Toʻxtakulov tomonidan grafikaga oid mahorat darslari oʻtkazildi.
Har bir asar madaniy merosning aksi boʻlib, oʻtmish va hozirgi zamon falsafasi hamda estetikasi uygʻunligini ifoda etib, oʻzining yuksak professionalligi bilan kishini hayratda qoldiradi.
Zulxumor