Fantasmagoriya

2024 yil 25 yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasining (Teatr, kino va animatsiyaya sho‘'basi tomonidan Halqaro kino kuniga bag‘ishlangan "FANTASMAGORIYa" nomli ko‘rgazmada:

  • teatr, kino va animatsion fil'mlar uchun ishlangan eskizlar;
  • kreativ kartinalar;
  • installyatsiyalar;
  • perfomans;
  • rejissyor va rassomlarning asar yaratish jarayonidan foto-kadrlar;
  • animatsion obrazlar tasvirlangan liboslar kollektsiyasi;
  • hujjatli, badiiy va animatsion fil'mlar namoyish etiladi.

Mazkur ko‘rgazma ilk bor respublikamizning professional stsenograf, kino va animatsiya rassomlarini jamlagan. Xususan, Baxtiyor Nazarov, Mavzur Maxmudov, Axmad Babayev, Aleksandr Gamirov, Shuhrat Abdumalikov, Axmadjon Orinov, Murad Karabayev, Shokir Zokirov, Ozod Yusupov, Tat'yana Fadeyeva, Gayanze Matevosyan, Jaloliddin Raximov, Sarvar Yo‘ldoshev, Furqat Bozorov, San'at Kenjayev, Nigora Hayo, Mirjalol Xoliqov, Gulnoz Jalolova, Zilola Xamidova, Dono G‘aniyeva, Ediye Yagl'. Shuningdek, institutning teatr, kino va animatsiya yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim olayotgan iqtidorli talabalar ishtirok etgan.

Ko‘rgazmada rassomlarning sahna va ekran asarini yaratishda kechadigan mashaqqatli jarayonlari va tayyor spektakl' yoki fil'm yaratilishi ortida rassom tomonidan ishlangan eskiz, maket va liboslar ko‘rgazma ekspozitsiyasidan o‘rin olgan. Shuningdek, belgilangan grafik asosida 26-27 yanvar' kunlari ijodiy guruh a'zolari ishtirokida yaratilgan hujjatli, badiiy va animatsion fil'mlar namoyish etiladi.

Ko‘rgazma ochilishida animatsion personajlar tasvirlangan liboslar kollektsiyasi namoyish etiladi. Ushbu liboslar Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining "Libos dizayni" bo‘limi o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan. Shu bilan bir birga sahna asaridan lavha ijro etiladi.

Ko‘rgazma kuratori: Nigora Hayo (s.f.f.d (RBO), MRDI dotsenti, rassom-animator)

Ko‘rgazma 2024 yilning 25 yanvaridan 4 fevralga qadar davom etadi.

Izohlar

Fikringizni yozib qoldiring!