Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali dasturi 2023

Birinchi kun 17 aprel – dushanba

P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi kuni

10:00 - Kamoliddin Behzod haykali poyiga gul qo'yish marosimi. K. Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi bog' hududida.

11:00 - Xalqaro an'anaviy “Tasviriy va amaliy san'at festivali”ning tantanali ochilish marosimi. Xorijiy rassomlar ko'rgazmasi. Markaziy ko'rgazmalar zali.

12:30 - O'zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Buxoro ixtisoslashlashtirilgan san'at maktab internati. Orkestr- ansambl va doirachilar jamoasi. Guruh rahbari - Eliev Ahror.

14:00 - ZXK “Nevskaya palitra” taqdimoti. O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Anjumanlar zali.

15:00 - Timur Raxmetovning ZXK “Nevskaya palitra” bilan hamkorlikdagi mahorat darsi. Markaziy ko'rgazmalar zali 2-etaj.

16:00 - Frantsiyaning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Frantsiya va uning o'ziga xos merosi” foto ko'rgazmasining ochilish marosimi. O'zbekiston Badiiy akademiyasi galereyasi.

18:00 - Saidbek Sabirbayevning shaxsiy ko'rgazmasi. Toshkent Fotosuratlar uyi.

Ikkinchi kun. 18 aprel – Seshanba

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti kuni 

10:00 - O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining amaliy san'at sho'basi a'zolarining mahorat darslari. Ganch ustalari – Bahodir Sultonov, Nosir Malikov. Naqsh ustalari – G'ayrat Shokirov, Burxonxo'ja Mansurxo'jaev, Dilshod Komilov. Yog'och o'ymakorligi ustalari – Shuxrat Axmednazarov, Abdumadjid Abduraxmonov. Markaziy ko'rgazmalar zali.

11:00 - TURKSOY tashkiloti tashkil etilganligining 30 yilligiga bag'ishlangan “Turk dunyosi rassomlarining uchrashuvi” Xalqaro ko'rgazmasining ochilish marosimi. O'zbekiston Tasviriy San'at galereyasi.

12:00 - K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalarining “Nafosat” zamonaviy va an'anaviy liboslar namoyishi. Markaziy ko'rgazmalar zali.

12:30 - Dmitriy Axunbabayevning ZXK “Nevskaya palitra” bilan hamkorlikdagi mahorat darsi. O'zbekiston Tasviriy San'at galereyasi.

14:00 - Saidbek Sabirbayevning ZXK “Nevskaya palitra” bilan hamkorlikdagi mahorat darsi. Toshkent Fotosuratlar uyi.

14:30 - Serik Pirmatovning mahorat darsi. Grafik dizayn, logotiplarning ishlab chiqish metodi. O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Anjumanlar zali.

15:00 - “TURKSOY hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakat - rassomlarining san'at va madaniyat sohasidagi - ko'pqirrali hamkorliklarini rivojlantirish” mavzuida davra suhbati. O'zbekiston Badiiy akademiyasi Anjumanlar zali.

16:00 - K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining dastgohli rangtasvir kafedrasining ko'rgazmasi ochilishi. I.Xiroyama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyi.

16:30 - S.G.Stroganov nomidagi RDBSUning Dizayn va dekorativ sanʻat kolleji oʻqituvchisi Mariya Tretyakovaning rangtasvir boʻyicha mahorat darsi. I.Xiroyama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyi.

Uchinchi kun 19 aprel – chorshanba

Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi kuni 

10:00 - Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi o'qituvchisi kulol Kim Yuriy Nikolaevich ko'rgazmasining ochilishi. Toshkent Fotosuratlar uyi.

10:20 - Alisher Hamdamovning akril bo'yicha ZXK “Nevskaya palitra” bilan hamkorlikdagi mahorat darsi. O'zbekiston Tasviriy San'at galereyasi.

10:30 - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Dizayn - san'at va fan tutashuvidagi faoliyat sifatida” mavzuida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Anjumanlar zali.

12:00 - Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktab o'quvchilarining zamonaviy va an'anaviy liboslar namoyishi. Markaziy ko'rgazmalar zali.

14:00 - “Muzey dizayni: amaliyot va tajriba” mavzuidagi davra suhbati. O'zbekiston Badiiy akademiyasi Anjumanlar zali.

15:00 - Vitaliy Rudzitning akril bo'yicha “GAMMA” savdo belgisi bilan hamkorlikdagi mahorat darsi. Ikuya Xiroyama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyi.

15:30 - TURKSOY ko'rgazmasi ishtirokchilari Gaxriman Gochmuradova va Toyli Chopanovalarning rangtasvir bo'yicha “GAMMA” savdo belgisi bilan hamkorlikdagi mahorat darslari. O'zbekiston Tasviriy San'at galereyasi.

16:00 - “Kamoliddin Behzod izdoshlari” tanlovi g'oliblarining miniatyura va xalq san'ati asarlari ko'rgazmasi ko'rgazmasining ochilish marosimi (Miniatyura va amaliy san'at). Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi.

16:30 - Toshkent Arxitektura qurilish universiteti talabalari ko'rgazmasining ochilish marosimi. Ikuya Xiroyama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyi.

17:00 - Kinorassom Anastasiya Reyimovaning “Sarson-sargardon” nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilishi. Toshkent Fotosuratlar uyi.

To'rtinchi kun 20 aprel – payshanba

Respublika ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internati kuni

10:00 - EGO XXIV- “Yosh rassomlar: yangi to'lqinmi?” ilmiy- eksperimental konferentsiyasi. Kurator: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Akbar Xakimov. Ozbekiston Badiiy ijodkorlarlar uyushmasining Anjumanlar zali.

10:30 - Yevgeniy Panovning monotipiya bo'yicha ZXK «Nevskaya palitra» bilan hamkorlikdagi mahorat darsi. Markaziy ko'rgazmalar zali.

11:30 - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Hattotlik va Miniatyura mutaxassisligi I-bosqich talabasi Nilufar Axmadaliyevaning tempera bo'yicha va Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi ilmiy xodimi Baxtiyor Dedashevning kalligrafiya bo'yicha mahorat darslari. Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi.

12:30 - Akril shishadan dekorativ obektlar yaratish bo'yicha O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Marina Borodinaning mahorat darsi. Markaziy ko'rgazmalar zali.

13:30 - Respublika ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internati o'quvchilarining Toshkent shahar va viloyatlar mahallaridan tashrif buyurgan mehmonlar uchun kontsert dasturi. Markaziy ko'rgazmalar zali.

15:00 - K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti grafika kafedrasi professor-o'qituvchisi Asliddin Kalanovning akvarel bo'yicha GAMMA savdo belgisi bilan hamkorlikda mahorat darsi. Markaziy ko'rgazmalar zali.

Beshinchi kun 21 aprel – juma 

10:00 - Xalqaro an'anaviy “Tasviriy va amaliy san'at festivali”ning yopilishi hamda taqdirlash marosimi. Markaziy ko'rgazmalar zali.

Izohlar

Fikringizni yozib qoldiring!