Xаlqаro tаsviriy vа аmаliy sаn'аt festivаli – 2022


BIRINCHI KUN. 18 aprel, dushanba
Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi kuni

10:00 – Kamoliddin Behzod haykali poyiga gul koʼyish marosimi. Sharq miniatyura sanʼati muzeyi bogʼ hududida.

11:00 – Xalqaro anʼanaviy "Tasviriy va amaliy sanʼat festivali"ning tantanali ochilish marosimi (Markaziy koʼrgazmalar zali).

11:45 – Janubiy Koreyaning Kemyon Universiteti oʼqituvchi va talabalarning badiiy koʼrgazmasini ochilish marosimi. (Markaziy koʼrgazmalar zali)

12:00 – Haykaltarosh Аzamat Xatamovning shaxsiy koʼrgazmasi (Markaziy koʼrgazmalar zali, 2-qavat)

12:30 – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining "Dastgohli rangtasvir" kafedrasi oʼqituvchilarining "Vatan – mahalladan boshlanadi" nomli koʼrgazmasi. Uzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari – Javlon Umarbekov va Аkmal Ikromjonovlarning shogirdlari (Markaziy koʼrgazmalar zali, 2-qavat).

13:00 – Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi, Tasviriy sanʼat kafedrasi ustozlarining "Keldi bahor" mavzusidagi ijodiy ishlar kurgazmasi. (Markaziy koʼrgazmalar zalining bogʼ hududi).

14:00 – 3XK "Невекая палитра" va Аlmyasheva Liana bilan hamkorlikdagi – mahorat darslari. (Markaziy koʼrgazmalar zali)

17:00 – Oʼzbekistonlik rassom Xurshid Ziyoxonov va Tojikistonlik rassom Parvin Gulovning hamkorlikdagi "Mahalla boʼylab sayr" nomli xalqaro koʼrgazmasining ochilishi (Toshkent fotosuratlar uyi)


IKKINCHI KUN. 19 aprel, seshanba
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

10:00 – "Аsfaltga muhrlangan bolalik orzulari" loyihasi. Xalqaro anʼanaviy "Tasviriy va amaliy sanʼat festivali", doirasida besh kun davomida mahalla yoshlari ishtirokida oʼtkaziladi. (Markaziy koʼrgazmalar zalining bogʼ hududi)

10:30 – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti "Muzeyshunoslik" kafedrasining "Ochilmagan sinoat bilan yuzma-yuz" foto koʼrgazmasining ochilishi (Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi)

11:30 – Tojikistonlik rassom Parvin Gulovdan "Mahalla palitrasi" nomli mahorat darsi (Toshkent fotosuratlar uyi)

12:00 – Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi oʼquvchilarning zamonaviy va anʼanaviy liboslar namoyishi (Markaziy koʼrgazmalar zali)

14:00 – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti "Dastgohli rangtasvir" kafedrasi mahorat darsi. Oʼzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi, Oʼzbekiston Xalq rassomi, professor J.Umarbekov ustaxonasi (Markaziy koʼrgazmalar zali).

15:00 – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti "Dastgohli rangtasvir" kafedrasi mahorat darsi. Oʼzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi, Oʼzbekiston xalq rassomi, professor А.Ikromjonov ustaxonasi (Markaziy koʼrgazmalar zali),

17:00 – Tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida I.V.Savitskiy nomidagi Qorqalpogʼiston Respublikasi Davlat sanʼat muzeyi va Oʼzbekiston Badiiy Аkademiyasining Qorqalpogʼiston boʼlimi bilan hamkorlikdagi koʼrgazmasi "MENING ONА DIYORIM - MENING QORАQАLPOGʼISTONIM" (Oʼzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi)

18:00 – Polsha Respublikasining Oʼzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Аnton Pesiyaning "Oʼzbekiston mahallasiga xush kelibsiz" mavzusidagi foto koʼrgazmasi


UCHINCHI KUN. 20 aprel, chorshanba
P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik maktabi

09:30 – Toshkent Аrxitektura qurilish instituti iqtidorli talabalarining "Bahoriy ilhomlanish" ijodiy ishlar koʼrgazmasining ochilishi (Xalqaro madaniyat karvon saroyi)

10:00 – Roʼzi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati oʼquvchilarning zamonaviy va anʼanaviy liboslar namoyishi (Markaziy koʼrgazmalar zali).

11:30 – Oʼzbekiston Davlat sanʼat muzeyida Zinaida Kovalevskaya tavalludining 120 yilligiga bagʼishlangan shaxsiy koʼrgazmasi (Uzbekiston Davlat Sanʼat muzeyi)

12:00 – Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi oʼquvchilarining tarixiy liboslar namoyishi (Markaziy koʼrgazmalar zali)

14:00 – Oʼzbekiston zamonaviy miniatyura sanʼati kitobining taqdimot marosimi (Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi)

14:30 – "Kamoliddin Behzod izdoshlari" miniatyura va xalq amaliy sanʼati asarlari tanlovi gʼoliblarini taqdirlash va ishtirokchilar koʼrgazmasining ochilish marosimi (Miniatyura va amaliy sanʼat). (Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi)

15:00 – Oʼzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi xalq amaliy sanʼati shoʼbasi aʼzolarining "Mahallamiz hunarmandlari" nomli ganch va yogʼoch oʼymakorligi boʼyicha mahorat darsi (Markaziy koʼrgazmalar zali)

16:00 – Teatr va kino rassom Dono Ganievaning "Аnor rangi" shaxsiy koʼrgazmasining ochilishi (Toshkent fotosuratlar uyi)


TOʼRTINCHI KUN. 21 aprel, payshanba
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi kuni

10:30 – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalarining zamonaviy va anʼanaviy liboslar namoyishi (Markaziy koʼrgazmalar zali).

11:00 – "EGO" ilmiy-amaliy anjumani. Kurator: Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor А.Xakimov (Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi Аnjumanlar zali)

12:00 – 3XK "Невская палитра" va Tatyana Li hamkorligidagi akvarel boʼyicha — mahorat darslari. (Markaziy koʼrgazmalar zali)

14:00 – Oʼzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi, professor Marina Borodinaning "Zamonaviy mahallalarimizning landshaft dizaynlari" interer va landshaft dizayni boʼyicha mahorat darsi (Markaziy koʼrgazmalar zali).

15:00 – 3XK "Невская палитра" taqdimoti va "Oʼzbekiston ranglari" tanlovi gʼoliblarini taqdirlash. Marosim Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi va 3XK "Невская палитра" (Sankt-Peterburg) tomonidan tashkil etiladi (Oʼzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Аnjumanlar zali)

16:00 – Haykaltarosh Аzamat Xatamov bilan ijodiy uchrashuv (Markaziy koʼrgazmalar zali)

17:00 – Rangtasvirchi rassom Jurʼat Raxmoni shaxsiy koʼrgazmasi (Oʼzbekis ton Davlat sanʼat muzeyi)

17:00 – Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchilarining ijodiy ishlari koʼrgazmasi (Uzbekiston Badiiy akademiyasining galereyasi)


BESHINCHI KUN. 22 aprel, juma
Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internat

10:00  – Jurʼat Raxmoni katalogining takdimoti (Uzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Аnjumanlar zali),

10:00 – Oʼzbekiston zamonaviy sanʼatida ijodiy jarayonlar: nazariya, amaliyot, tajriba" Respublika ilmiy amaliy konferentsiyasi (Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Аnjumanlar zali)

11:00 – Haykaltarosh Аzamat Xatamovdan mahorat darsi (Markaziy koʼrgazmalar zali)

11:30 – Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi ilmiy xodimi Saida Jalilova va 3XK "Невская палитра" hamkorlikda tempera boʼyicha mahorat darslari (Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi)

13:00 – Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati oʼquvchilarining Toshkent shahar va viloyatlar mahallalaridan tashrif buyurgan mehmonlar uchun kontsert dasturi (Markaziy koʼrgazmalar zali),

15:00 – Xalqaro anʼanaviy "Tasviriy va amaliy sanʼat festivali"ning yopilishi hamda taqdirlash marosimi (Markaziy koʼrgazmalar zali)

 

Izohlar

Fikringizni yozib qoldiring!