Abdulhaq Abdullayev

OCAU ID: OCAU-A-000015

Abdullaev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918 – 2001 yy.) O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faxriy a’zosi.

Abdulhaq Abdullaevning hayoti va ijodiy faoliyati bitmas-tuganmas izlanishlardan, hayotning murakkab qirralarini anglab yetishdan, ayni paytda insonning ziddiyatlarga boy dunyosini o‘rganishdan ham iborat bo‘lgan. Tasviriy san’atning qator janrlari ichidan Abdulhaq Abdullaev xususan portret janrini tanlagan.

1926 yilda Abdulhaq Abdullaev Toshkentdagi maktab internatiga o‘qishga kiradi. Ushbu maktabda bolalarning badiiy ta’limi yaxshi asosga qo‘yilgan edi.

Uning iste’dodini ko‘rgan ustozi Abdulhaqqa badiiy texnikumga kirishni maslahat beradi. 1931 yilda maktabni birinchi bosqichini tugatib Samarqandga keladi. O‘sha vaqtlarda Samarqandda rassomlik texnikumi bor edi. Yosh rassomning ustozlari L.Bure, Z.Kovalevskaya va P.Benkovlar bo‘lgan.

1937 yilda Moskvada tashkil etilgan navbatdagi ko‘rgazmada Abdullaev o‘zining bir yo‘la ikkita: “Do‘stimning portreti” va “Ukam” nomli asarlarini nomish etadi.

Moskva badiiy institutida (1938 – 1941) V.Yefenova va A.Osmyorkinalarda ta’lim olgan.

“Men Abrar Hidoyatov portretidan o‘zimga kelolmayapman. Men bu aktyorni sahnada ko‘rmaganman, ammo zaxarlangan gumonli qarashi, ulug‘vor, hali o‘zini boshqara oladigan Otello – ajoyib va qo‘rqinchilikdir.” – deb yozadi tomoshabin Novikov sharhlar kitobida 1973 yil Abdulhaq Abdullaevning Moskva shahridagi shaxsiy ko‘rgazmasida.

Abdulhaq Abdullaev rassomlik bilim yurtida (1950-1957) va Nizomiy nomidagi Pedagogika institutida dars bergan (1955-1957) Toshkentda. Rassomning asarlari O'zbekiston, Rossiya, Italiya, Hindiston va dunyoning boshqa mamlakatlaridagi muzeylarida saqlanadi.

Manba: Абдулхак Абдуллаев: (Альбом): –Т.: Изд. Лит. Искусства, 1982.–104 с., ил.– (Наш современник)

Ilmiy maqolalar

Rassom Abdulhaq Abdullayev ijodining O‘zbekiston badiiy ta’limida tutgan o‘rni

OCAU ID: OCAU-S-000020

Art and Design Social Science, 2026

Ushbu maqolada muallif rassom Abdulhaq Abdullayev ijodini O‘zbekiston badiiy ta’limi kontekstida tadqiq etadi. Rassomning pedagogik va ijodiy faoliyatida muallif XX asr o‘rtalaridagi badiiy ta’lim muammosiga alohida e’tibor qaratadi. Bu muammolar bugungi kunda ham O‘zbekiston ...

O‘zbek rangtasvirida bolalar obrazining aks ettirilishi

OCAU ID: OCAU-S-000018

Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research), 2026

Maqolada o‘zbek tasviriy san’atining shakllanishi va rivojlanishi, milliy portret janri maktabining genezisi hamda rangtasvirda bolalar obrazining tasvirlanishi va badiiy xususiyatlari Pavel Benkov, Abdulhaq Abdullayev va Chingiz Axmarov asarlari misolida tahlil etilgan. Shuni...

O‘zbekiston tasviriy san’atida portret janri: Abdulhaq Abdullayev ijodining bir qismi

OCAU ID: OCAU-S-000019

INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND ANALYSIS, 2021, 04(11)

O‘zbek tasviriy san’ati yuksak taraqqiy etgan davrda «ikkinchi to‘lqin» rassomlari o‘zbek milliy va mahalliy rassomchiligining shakllanishiga hissa qo‘shdilar. Shu tariqa L. Abdullayev, B. Hamdami, A. Abdullayev, Sh. Xasanova, M. Nabiyev, A. Siddiqiy, Ch. Axmarov va boshqalar ...

o‘qish
Avtoportret

Avtoportret

Abdulhaq Abdullayev

Mato, moybo‘yoq - 1977 yil
Abdug‘ani portreti

Abdug‘ani portreti

Abdulhaq Abdullayev

Mato, moybo‘yoq - 1975 yil
Avtoportret

Avtoportret

Abdulhaq Abdullayev

Mato, moybo‘yoq - 1949 yil
Abdullaev portreti

Abdullaev portreti

Abdulhaq Abdullayev

Mato, moybo‘yoq - 1961 yil
 Abror Xidoyatov Otello rolida

Abror Xidoyatov Otello rolida

Abdulhaq Abdullayev

Mato, moybo‘yoq - (96x72) - 1960 yil
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

Abdulhaq Abdullayev

Mato, moybo‘yoq - (160x100) - 1970 yil
Xalq ustasi T.Arslonqulov portreti

Xalq ustasi T.Arslonqulov portreti

Abdulhaq Abdullayev

Mato, moybo‘yoq - 1948 yil
Bog‘dagi qiz

Bog‘dagi qiz

Abdulhaq Abdullayev

Mato, moybo‘yoq - 1956 yil
Pokistonlik qo‘shiqchi Axtar

Pokistonlik qo‘shiqchi Axtar

Abdulhaq Abdullayev

Mato, moybo‘yoq - (150x100) - 1970 yil
Buvi va nabira

Buvi va nabira

Abdulhaq Abdullayev

Mato, moybo‘yoq