Erkaboy Masharipov 1948-yil 15-martda Turkmaniston Respublikasi, Toshxovuz viloyatidagi Xamza Shayx qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Shu qishloqda 1967-yilda o‘rta maktabni tugatgan. Maktabdan keyin Urganch shahridagi Og‘axiy nomidagi musiqa va komediya teatrida bezatuvchi rassom sifatida faoliyat yuritgan. Ustozim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Lolaxon Abdullayevaga shogird tushib, tasviriy san’at sirlarini o‘rgandi. 1968–1970 yillarda Armiya safida xizmat qilgan va Armiya xizmatidan qaytib kelib, 1970-1971 yillarda yana Urganch shahridagi Og‘axiy nomidagi musiqa va komediya teatrida o‘z faoliyatini davom ettirgan.
Ustozlardan olgan bilimi va ularning tavsiyasi bilan Toshkent shahridagi Benkov nomidagi rassomchilik bilim yurtiga rangtasvir bilim yurtiga o‘qishga qabul qilingan va tasviriy san’at sirlarini bilim yurtining mohir pedagoglaridan o‘rganishni davom ettirgan. 1975-yilda mazkur bilim yurtini muvaffaqiyatli tugatib, ona yurtiga, Turkmaniston Respublikasi, Toshxovuz viloyati, Xamza Shayx qishlog‘iga qaytib kelib, tuman markazida joylashgan Madaniyat saroyida bezatuvchi rassom bo‘lib o‘z faoliyatini davom ettirgan.
Rassom Erkaboy Masharipov bir qancha mohir pedagog va ustozlardan olgan bilim va ko‘nikmalari hamda tajribalariga suyangan holda Toshkent shahridagi Ostrovskiy nomidagi Teatr va rassomchilik oliygohiga o‘qishga kirishga qaror qiladi va mazkur oliygohda 1976-yilda Dastgohli rangtasvir bo‘limida o‘qishni davom ettiradi. Olti yil davom etgan o‘qish jarayonida yosh rassom Erkaboy Masharipov muntazam ravishda Respublika miqyosidagi badiiy ko‘rgazmalarga qatnashib kelgan. 1982-yilda “Kuzatuv” deb nomlangan diplom ishini himoyasi bilan oliygohni muvaffaqiyatli tamomlab, o‘z ijodini davom ettirgan holda turkum asarlarini yaratishni boshlagan.
Rassom shu qisqa davr ichida “Yangi yo‘l”, “Birinchi karvon” hamda “Xamqishloqlarim” asarlari bilan birga o‘zining bir qator zamondoshlari portretlari va yurtimiz manzaralari aks etgan asarlari bilan ijodiy izlanishlarni olib borgan. Erkaboy Masharipov 1990-yilda O‘zbekiston Rassomlar uyushmasiga qabul qilinadi. 1995-1997-yillarda Toshkent davlat Irigasiya va suv xo‘jaligi oliygohida san’at to‘garagini tashkil etadi va shu to‘garakda tasviriy san’atga qiziquvchan yoshlarga tasviriy san’at sirlarini o‘rgata boshlaydi. 1987-1989-yillarda Toshkent shahridagi Madaniy o‘qituv texnikumida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchilik faoliyatini boshlaydi. 1989-yilda Manan Uyg‘ur nomidagi Teatr va rassomchilik oliygohiga Chizmatasvir kafedrasiga mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilinadi.
Oliygohdagi pedagoglik faoliyati davomida Respublika va chet el badiiy ko‘rgazmalarida qatnashib kelgan. Erkaboy Masharipov bir qator Respublika va davlatlararo konkurslarda ishtirok etadi va yuqori o‘rinlarga ega bo‘lgan. Rassom Alpomishni 1000 yilligiga bag‘ishlangan konkursda “Alpomish” obrazini yaratib, konkurs g‘olibiga aylangan. Jaloliddin Manuberdining 800 yilligi bag‘ishlangan tanlovda rassom o‘zining Jaloliddin Manuberdi asari bilan ishtirok etgan. Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan konkursda ishtirok etib, “Amir Temurni To‘xtamishxon ustidan g‘alabasi” va Amir Temurni kenja o‘g‘li “Umarshayx Mirzo Baxodir” siymosi kabi asarlarini yaratgan. Muallif tomonidan yaratilgan mazkur asarlar hozirgi kunda Temuriylar tarixi muzeyida saqlanmoqda. 2003-yilda Erkaboy Masharipov tarixiy asarlarga bag‘ishlangan konkurslardagi ishtiroki va yaratgan tarixiy asarlari uchun davlatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan munosib taqdirlangan.
Hozirgi kunda Erkaboy Masharipov o‘zining ish faoliyati davomida ko‘plab talabalarga tasviriy san’at sirlaridan saboq berib kelmoqda.