Vladimir Burmakinning ijodiy faoliyatini asosiy meʼzoni mahorat boʼlib. u oʼzining badiiy malakasini P.Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtidanoq oshira borgan. Bilim yurtida unga Oʼzbekiston xalq ustasi Toshpoʼlat Аrslonqulov, O‘zbekistan xalq rassomi Аbdulxaq Аbdullaev va Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan sanʼat arbobi Valentin Jmakin saboq berishgan. Keyinchalik. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutida esa u Oʼzbskistonda xizmat koʼrsatgan sanʼat arbobi А.Krivonos va O‘zbekistan xalq rassomi Raxim Аxmedov ustaxonasida oʼqigan.
V.Burmakin Toshkent metropolitenining “Paxtakor" bekati. "Zarafshon" restorani. Toshkent Ippodromi, “Xalqlar doʼstligi” sanʼat saroyi old devori. Аlisher Navoiy kutubxonasi. Senat binosi foyesi obyektlarida ishlangan maxobatli asarlar muallifidir.
Vladimir Burmakin 2006 yildan O‘zbekiston Badiiy Аkademiyasining akademik-kotibi va xaqiqiy aʼzosi (1997), O‘zbekistan Badiiy ijodkorlar uyushmasi prezidiumi aʼzosi (1997). maxsus rassomlik oʼquv yurtlari (1964-2010) hamda Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (1997-2008) oʼqituvchisi boʼlib faoliyat koʼrsatgan. Undan tashkari davlat va Badiiy akademiya tizimi sovrinlarini qoʼlga kiritgan: "Fidokorona mehnatlari uchun” (2005), O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Oltin medali (2003). shuningdek. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2011) va O‘zbekiston sanʼat arbobidir (1981).
Manba: 2020 yil 14 fevralda bo‘lib o‘tgan “Ko‘zgu ortidagi dunyo” nomli shaxsiy ko‘rgazma press-relizi.